“Oʻzbek polvoni” musobaqasi yakunlandi yoxud davlat idoralari xodimlari gilamga chiqqanda

Kurash… Bu iboraning qadrini oʻzbekman degan har bir kishi ich-ichidan anglamogʻi zarur. Quvonarlisi, bu soʻz xalqaro arenalarda oʻzbekning ori, gʻururi, milliy brendi boʻlib namoyon boʻlmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrdagi “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–4881-sonli qarori bu soʻzlarni isboti boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

Qaror ijrosini taʼminlash maqsadida bugun Toshkent Moliya institutiga qarashli sport majmuasida respublikamizning barcha viloyatlaridagi korxona va tashkilotlarda faoliyat olib borayotgan 150 nafarga yaqin polvonlar jam boʻlishdi.

Mamlakatimizda ilk bor oʻtkazilayotgan “Oʻzbek polvoni” musobaqasi gilamida erkaklar –73kg, -81kg, -90kg, -100 kg vazn toifasida, ayollar esa 3 ta vaznda –57kg, -63kg, +63kg toifalarida kurash tushishdi.

Musobaqani oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad – davlat organlari, muassasalari va tashkilotlari xodimlari oʻrtasida kurashni yana-da ommalashtirish, bu orqali xodimlarning jismoniy rivojlanishini takomillashtirish, jismoniy tarbiya va ommaviy sportga, milliy sportimiz kurashga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, kurashni umumxalq sporti sifatida keng targʻib etishdan iborat.

Bugun saralash bahslardan soʻng turnirning rasmiy ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Prokurori, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi raisi Nigʻmatilla Yoʻldoshev, Jismoniy tarbiya va sport vaziri oʻrinbosari Avazjon Karimov, Milliy olimpiya qoʻmitasi prezidenti Rustam Shoabduraxmonov va boshqa mutasaddilar ishtirok etishdi.

Ochilish marosimida soʻzga chiqqan mutasaddilar bugungi sport bayrami “Oʻzbek polvoni” musobaqasida ishtirok etayotgan barchani tabriklashdi.

Shundan soʻng sanʼatkorlar tomonidan kuylangan qoʻshiqlar barcha yigʻilganlarga xush kayfiyat ulashdi.

Quyida musobaqa gʻolib va sovrindorlari bilan tanishishingiz mumkin:

Erkaklar

73 kg

1-oʻrin. Farrux Adizov – Buxoro viloyati hokimligi

2-oʻrin. Adxam Ravshanov – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

3-oʻrin. Abduxamid Norqulov – Dexqonobod KZ. AJ

3-oʻrin. Botir Azamov – “Oʻzmetkombinat” AJ

81 kg

1-oʻrin. Aziz Boboqulov – Bosh prokuratura

2-oʻrin. Maxtumquli Maxmudov – Milliy olimpiya qoʻmitasi

3-oʻrin. BaxtiyoXakimov r – “Veterinariya” DQ

3-oʻrin. Rifat Sharopov – Buxoro viloyati hokimligi

90 kg

1-oʻrin. Malik Jurayev – Buxoro viloyati hokimligi

2-oʻrin. Bexzod Satipov – Urganch Davlat universiteti

3-oʻrin. Shoxjaxon Xoʻjamurodov – Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

3-oʻrin. Baxodir Xushvaqtov – «Oʻzagrokimyoximoya» AJ

100 kg

1-oʻrin. Erkin Daniyarov – Buxoro viloyati hokimligi

2-oʻrin. Sarvar Dusmatov – “Oʻzmetkombinat” AJ

3-oʻrin. Uchqun Mamatraimov – Bosh prokuratura

3-oʻrin. Nodir Merxalikov – “Oʻzmetkombinat” AJ

Ayollar

57 kg

1-oʻrin. Bibiroza Kallibekova – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

2-oʻrin. Ozoda Nurmatova – Buxoro viloyati hokimligi

3-oʻrin. Kamila Saparboyeva – Bosh prokuratura

3-oʻrin. Zulayxo Asadova – Bosh prokuratura

63 kg

1-oʻrin. Shaxlo Saurova – “Oʻzmetkombinat” AJ

2-oʻrin. Gulxayo Mustafoyeva – “Oʻzmetkombinat” AJ

3-oʻrin. Abira Naimova – Buxoro viloyati hokimligi

3-oʻrin. Oltinoy Juginisova – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

+63 kg

1-oʻrin. Suluxan Primbetova – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

2-oʻrin. Sevaraxon Dexqonova– Milliy olimpiya qoʻmitasi

3-oʻrin. Dilfuza Shamsiyeva – Navoiy KMK

3-oʻrin. Dilnoza Ochilova – Buxoro viloyati hokimligi.

“Oʻzbek polvoni” musobaqasining gʻolib va sovrindorlari diplom, medal va qimmatbaho sovgʻalarni qoʻlga kiritgan boʻlsa, umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan Buxoro viloyati jamoasi musobaqa ramzi tushirilgan kubok bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *