Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga yangi prorektor tayinlandi

Joriy yilning 8-sentyabr kuni Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdan tashqari yigʻilish oʻtkazildi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov hamda universitet rahbariyati va professor-oʻqituvchilar ishtirok etishdi.

Yigʻilishda ishtirok etgan Jismoniy tarbiya va sport vazirning birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov soʻnggi yillarda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirishga qaratilgan keng islohotlar, xususan, mazkur universitetda amalga oshirilayotgan keng koʻlamdagi bunyodkorlik ishlari haqida taʼkidlab oʻtdi.

Shundan soʻng Ravshan Ermatov Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirining tegishli buyrugʻi bilan Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimiga Bayazitov Komil Faritovich tayinlanganini oʻqib eshittirdi.

Maʼlumot uchun, Komil Bayazitov bungacha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlantirish masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Komil Bayazitov 1979-yilda Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida tugʻilgan. 2004-yilda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport institutini (hozirgi Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetini) tamomlagan. 2006-yilda ushbu universitetning magistratura bosqichi tugatgan. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *