Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi Jahon bolalar kuni munosabati bilan bayram tadbirini tashkil qildi

Tadbir mehmonlari Poytaxtimizdagi 23-sonli bolalar uyining tarbiyalanuvchilari boʻlishdi.
Tadbir bayramona muhitda boʻlib oʻtdi, sport boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi murabbiylari va sportchilari oʻq otish sporti haqida bolajonlarga soʻzlab berishdi.
Quroldan toʻgʻri va professional tarzda foydalanishni namoyish etdilar. Xavfsizlik texnikasini tinglab, yosh mehmonlar 10 va 25 metr masofaga oʻq otish texnikasini amalda oʻrganish imkoniyatiga ega boʻldilar. Hamma yosh oʻgʻil-qizlar oʻq otishda oʻzlarini sinab koʻrishdi.
Amaliy mashgʻulotlardan soʻng professional sehrgarlar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun maxsus dastur taqdim etishdi.
Tadbirda Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi raisi Oybek Norinboyev soʻzga chiqib? Bolajonlarni bayram bilan samimiy tabrikladi: 
“Barchangizni kutib olishdan xursandman. Sport bizning hayotimizning ajralmas qismidir. Sport nafaqat inson salomatligiga ijobiy taʼsir qiladi, balki har birimizda axloqiy fazilatlarni tarbiyalaydi.
Biz yosh avlodni sportga va sogʻlom turmush tarziga qiziqishini koʻrganimizdan xursandmiz.
Ehtimol, hozir sizning orangizda boʻlajak Olimpiya chempionlari yetishib chiqar. Biz har doim sport bilan shugʻullanishni istagan har bir kishiga yordam berishdan mamnunmiz.”
Tadbir yakunida xayriya yordami sifatida va yoshlarni sport bilan shugʻullanishga jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi 23-Mehribonlik uyiga oʻnta sport velosipedlari, futbol va basketbol, tennis raketalari, gimnastika sakrash arqonlari, halqalar va boshqa sport anjomlarini sovgʻa qilindi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *