Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasida “Ochiq eshiklar kuni” davom etmoqda

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020-yil uchun respublika kalendar rejasiga muvofiq qilichbozlik boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasiga munosib nomzodlarni saralab olish va iqtidorli sportchilarni aniqlash, qilichbozlik sportini yana-da ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida shu yil 23-25-dekabr kunlari qilichbozlikning uchta turi (shpaga, rapira, sablya) boʻyicha kattalar oʻrtasida “Kuchlilar turniri”ni oʻtkazadi.

Shuningdek, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi hamkorligida mazkur turnir doirasida sportga qiziquvchi yoshlarni qilichbozlik bilan shugʻullanishga jalb etish maqsadida uch kun davomida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etiladi.

Tadbir davomida oʻzbek qilichbozlik sportining yorqin vakillari ishtirokida qiziqarli uchrashuvlar koʻzda tutilgan. “Kuchlilar turniri” hamda “Ochiq eshiklar kuni” poytaxtimizdagi “Paxtakor” sport majmuasidagi qilichbozlik zalida soat 10:00da boshlanadi.

Oʻzbekiston qilichbozlik federatsiyasi barcha qilichbozlik sporti ixlosmandlarini ushbu ajoyib tadbirga taklif etadi!Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *