Oʻzbekistonda elektron kompyuter sporti rivojlanadi, endi ESPORTS Uzbekistan aʼzolari 24/7 rejimida ishlash imkoniyatiga ega boʻlishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining 2020-yil 6-yanvardagi topshirigʻiga muvofiq, hududlarda yoshlarning axborot texnologiyalari va internetdan unumli foydalanishga boʻlgan qiziqishi va koʻnikmasini oshirish maqsadida kibersport markazlarini tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-noyabrdagi “Andijon viloyatida aholi, shu jumladan yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internet jahon axborot tarmogʻidan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 921-sonli qarori bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturiga muvofiq, Andijon viloyati misolida joylarda kompyuter industriyasi va sportini rivojlantirish boʻyicha tegishli vazifalarni amalga oshirish belgilangan.

Buning uchun kompyuter sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatlari va kuboklarini yuqori saviyada tashkil etish, terma jamoa aʼzolarining xalqaro sport musobaqalariga tayyorgarlik koʻrishlari uchun yetarli sharoitlarni yaratish zarur. Shu maqsadda Oʻzbekiston elektron kompyuter sporti federatsiyasi (Uzbekistan Esports Federation) bilan hamkorlik sertifikatiga ega “Esports Centre” kibersport markazlari faoliyatiga (xalqaro musobaqalar davridagi vaqt tafovutni inobatga olib) 24/7 rejimida ishlashga ruxsat berildi.

Kompyuter sporti bilan yer yuzida millionlab insonlar shugʻullanadi. Internet jismoniy cheklovlarni olib tashlab, boshqa davlat yoki shaharlardagi doʻstlar bilan birgalikda oʻynash uchun imkoniyat taqdim etadi. Shuni hisobga olgan holda, Esports Uzbekistan sertifikatiga ega boʻlgan Oʻzbekistondagi kibersport arenalari (Esports center)ga tunu kun (24/7 rejimida) ishlashga ruxsat berildi. Bu kibersportchilarga Oʻzbekiston chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarga munosib tayyorgarlik koʻrishlari uchun sharoit yaratadi.

Qoʻshimcha maʼlumotlarni +99890 994-72-30 raqami orqali olishingiz mumkin.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *