Oʻzbekistonlik togʻ changʻichi Turkiyadagi xalqaro musobaqada uchta medalga sazovor boʻldi

Turkiyaning Plandoken shahrida “FIS ALPINE ANATOLIAN CUP” xalqaro musobaqasi tashkil etildi. Eʼtiborlisi, unda oʻzbekistonlik sportchilar ham munosib ishtirok etishdi.

Changʻi sporti turlari Xalqaro federatsiyasi (FIS) taqvim rejasiga kiritilgan ushbu musobaqada Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Pokiston, Eron, Marokash, Ukraina, Kosovo, Timor orollari hamda mezbon Turkiya terma jamoalari, jamoa 10ta jamoa gʻoliblik uchun kurash olib borishdi.

Oʻzbekiston terma jamoasi musobaqada ikki nafar sportchi bilan qatnashdi. Musobaqada yurtimiz sharafini Komiljon Toʻxtayev va Valeriya Kovalyova himoya qilishdi.

Taʼkidlash lozim, slalom mashqining erkaklar oʻrtasidagi bahslarida 20 nafar sportchi startga chiqqan boʻlsa, Komiljon Toʻxtayev uchinchi boʻlib marraga yetib keldi.

Ayollar oʻrtasida 12 nafar sportchi orasida kechgan bahslarda Valeriya Kovalyova 9-oʻrinni egalladi.

Eʼtiborlisi, togʻ changʻisi boʻyicha 18-dekabrda bahslarda Komiljon Toʻxtayev 26 nafar sportchi orasida 1:29.69 natija bilan faxrli 2-oʻrinni egalladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *