OʻzDJTSU Belarus Milliy texnika universiteti bilan hamkorlik shartnomasi imzoladi

Kuni kecha Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda Belarus Milliy texnika universiteti oʻrtasida onlayn formatda oʻzaro hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Unda OʻzDJTSU rektori M.Boltabayev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor K.Bayazitov, Xalqaro hamkorlik boʻlim boshligʻi Sh.Toshturdiyevlar ishtirok etdi.

7-11-dekabr kunlari Belarusda Milliy texnika universitetining 100-yillik yubileyi ham keng nishonlanmoqda, hamkorlik kelishuvi esa ushbu tadbir doirasida boʻlib oʻtgani bayram kayfiyatini yana-da koʻtarilishiga sabab boʻldi. Onlayn uchrashuvda Belarus Milliy texnika universitetining 30dan ortiq hamkor universiteti qatnashdi.


Dastavval, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori M.Boltabayev Belarus Milliy texnika universiteti rektori S.Xaritonchik va universitet jamoasiga samimiy tabrik yoʻlladi. Ayni vaqtda Belarus davlatida boʻlib turgan universitetning Oʻzbek-Belarus qoʻshma “Jismoniy tarbiya, sport va turizm” fakulteti dekani G.Asatova maxsus sovgʻani hamkor universitet rektoriga topshirdi. Oʻquv yurtining kelgusidagi ilm sohasida olib borayotgan ishlariga omadlar tiladi.

Soʻngra ikkala tomon onlayn formatda hamkorlik shartnomasini imzolashdi. Xalqaro hamkorlik shartnomasiga koʻra, endi ikki davlat oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida “2+2” dasturi asosida ham qoʻshma fakultet tashkil etiladi.

Shuningdek, onlayn tarzda ikki tomon oʻrtasida kelgusidagi hamkorlik, loyihalar va tadbirlar toʻgʻrisida suhbat boʻlib oʻtdi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti shu kunga qadar 21ta xorijiy oliy oʻquv yurti bilan hamkorlik shartnomalari imzolagan edi. Endi ularning soni yana bittaga koʻpaydi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *