
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi.
Matbuot anjumani Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida 1-dekabr kuni soat 12:00da boshlanadi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Oʻzbekiston kurash federatsiyasining masʼul xodimlari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.
Anjumanda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 4-noyabrda qabul qilingan “Kurash milliy sport turini rivojlantirish va uning xalqaro nufuzini yana-da oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–4881-sonli Qarorida belgilab berilgan vazifalar hamda ularning ijrosini borishi haqida soʻz yuritiladi.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati