OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi barcha turdagi ommaviy axborot vositalari xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etadi.

Matbuot anjumani 24-noyabr kuni soat 10:00da Milliy matbuot markazi binosida (Alisher Navoiy nomidagi kinosaroyi roʻparasida) boshlanadi. Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov hamda vazirlikning tegishli boʻlim va boshqarma boshliqlari ishtirok etishi koʻzda tutilgan.

Anjumanda soʻnggi yillarda jismoniy tarbiya va sport sohasida qabul qilinayotgan hukumat farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati hamda ularning ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritiladi.Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *