Ogʻir atletika: Urganchda oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati boshlandi

Shu kunlarda Xorazm viloyati Urganch shahrida ogʻir atletika boʻyicha mamlakat chempionati boʻlib oʻtmoqda.

Yangi iqtidorlarni kashf etish hamda Xanchjou va Parijda boʻlishi rejalashtirilgan xalqaro musobaqalar uchun terma jamoaga munosib nomzodlarni saralab olish uchun xizmat qiladigan ushbu musobaqada 15 yosh va undan kichik (2005-2008-yillarda tavallud topgan sportchilar) ogʻir atletikachilar gʻoliblik uchun kurash olib bormoqda.

Oʻgʻil bolalar oʻrtasidagi musobaqaning dastlabki kunlarida yengil vazn vakillari, yaʼni -44 kg va -49 kg ogʻirlikdagi sportchilar supachaga koʻtarilishdi.

Oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati. Oʻgʻil bolalar:
-44 kg
1. Usmonov Nurmuhammad (Namangan) – 174 kg (62 kg – dast koʻtarish, 72- kg – siltab koʻtarish);
2. Mahmudov Navroʻz (Samarqand) – 127 kg (57-70);
3. Yusupboyev Jurʼat (Xorazm) – 126 kg (56-70).

-49 kg
1. Rajapbayev Imamaddin (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) – 167 kg (72-95);
2. Abdullayev Mirzabek (Samarqand) – 157 kg (70-87);
3. Yusupov Asilbek (Andijon) – 153 kg (69-84).

Qizlar oʻrtasidagi bahslar ham tomoshabopligi jihatidan yigitlarnikidan qolishmadi. Ayniqsa, -49 kg va -55 kg vazn toifalarida oltin medal uchun kurash soʻnggi soniyalargacha davom etdi hamda gʻolib nomini atigi 1 kg ogʻirlik aniqlab berdi.

-49 kg. Qizlar
1. Yusupova Nozima (Qashqadaryo) – 126 kg (56-70);
2. Qirgʻizboyeva Umida (Toshkent vil) – 125 kg (56-69);
3. Muhammadjanova Xalima (Namangan) – 90 kg (40-50).

-55 kg
1. Polvonnazirova Laylo (Xorazm) – 135 kg (56-79);
2. Koʻpaysinova Sitora (Buxoro) – 134 kg (60-74);
3. Tojimatova Zarifaxon (Fargʻona) – 110 kg (50-60).

-59 kg
1. Amrullayeva Marjona (Navoiy) – 119 kg (55-64);
2. Amrulloyeva Gulsanam (Buxoro) – 116 kg (51-65);
3. Sobirova Munisa (Xorazm) – 103 kg (45-58).

-64 kg
1. Dadamirzayeva Gulshoda (Andijon) – 152 kg (68-84);
2. Fayzullayeva Dilnoza (Qashqadaryo) – 147 kg (67-80);
3. Amanbayeva Nursulu (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) – 122 kg (55-67).

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *