Olot tumanida tabiiy ofatdan zarar koʻrgan sport obyektlarining bugungi holati koʻzdan kechirildi

Shu kunlarda Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev joylarda jismoniy tarbiya va sport sohasida amalga oshirilayotgan keng islohotlar, hududlarda yangidan barpo etilayotgan sport inshootlari, ularda olib borilayotgan qurilish-taʼmirlash ishlari bilan tanishib chiqmoqda.

Bugun vazir Buxoro viloyatining Olot tumanida boʻldi. Maʼlumki, shu yil 27-aprel kuni mamlakatimizga Turkmaniston hududidan kuchli shamol kirib kelishi natijasida Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlaridagi aholi uy-joylari hamda yirik infratuzilma obyektlariga jiddiy zarar yetgandi. Bu tabiiy ofatdan eng koʻp jabr koʻrgan hudud Buxoro viloyati boʻlgandi.

Jumladan, tabiiy ofat natijasida Buxoro viloyatidagi ayrim sport obyektlariga ham jiddiy shikast yetdi. Ushbu viloyatga xizmat safari davomida D.Nabiyev Olot tumani bolalar-oʻsmirlar sport maktabining bugungi holati bilan tanishdi.

Shuni mamnuniyat bilan taʼkidlash kerak, amalga oshirilgan taʼmirlash ishlaridan keyin bu maskan avvalgisidanda koʻrkam koʻrinish hosil qilgan. Bunday qulay sharoitlarda shugʻullanayotgan sportchi yoshlar esa nafaqat Buxoro viloyati, balki oʻzbek sportini yangi darajalarga olib chiqishiga shubha yoʻq.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *