Osiyo kubogi-2027 mezboni nomi qachon aniqlanishi maʼlum qilindi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi 2027-yilda boʻlib oʻtishi kutilayotgan futbol boʻyicha Osiyo kubogi mezbonligi uchun ariza topshirgan edi.

Maʼlum boʻlishicha, nufuzli musobaqani Oʻzbekistondan tashqari yana 4 ta davlat oʻzida oʻtkazish istagida boʻlib turibdi. Bular: Butun Hindiston futbol federatsiyasi (BHFF), Eron Islom Respublikasi futbol federatsiyasi (EIRFF), Qatar futbol assotsiatsiyasi (QFA), va Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi (SAFF).

Tashkilotlar OFK tomonidan talab qilingan qonuniy xulosalar, mezbonlik va homiylik majburiyatlari boʻyicha hujjatlarni taqdim etishgan.

Endi esa jarayonning keyingi bosqichi uchun navbatdagi talab qilingan hujjatlar 2020-yilning 30-oktyabriga qadar OFKga yuborilishi lozim.

Hisob boʻyicha 19-Osiyo Kubogining mezboni nomiga kelasi yilda aniqlik kiritiladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *