Osiyo regbi federatsiyasi vakillari Buxoroda!

Bugungi kunda mamlakatimizda regbi sportini ommalashtirish va targʻib qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, hududlarda ushbu sport turini ommalashtirishga jiddiy eʼtibor berilmoqda, jumladan Buxoro viloyatida ham.

Bugun Oʻzbekistonda regbi sportini targʻib qilish maqsadida tashrif buyurgan Osiyo regbi federatsiyasi vakili Benjamin van Rooyen hamda Anatoliy Shirov koʻhna va navqiron Buxoroi Sharifga tashrif buyurdi. Dastavval mehmonlar viloyatdagi sport majmualari bilan tanishib chiqdi. Soʻngra “Buxoro sport majmuasi” yigʻilishlar zalida regbi boʻyicha oʻzlarining oʻquv dasturlari va malakalari bilan oʻrtoqlashdi.

Yigʻilishda dastlab 2019-yil 29-oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida regbi sport turini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori mamlakatimizda ushbu sport turini rivojlantirishda yangi davrni boshlab bergani taʼkidlandi.

Osiyo regbi federatsiyasidan tashrif buyurgan delegatsiya aʼzolari Buxoro viloyatida 3 kun mobaynida bolalar va oʻsmirlar sport maktablaridagi trenerlarga oʻquv-seminar (trening) tashkil qilib, oʻz bilim va koʻnikmalari bilan oʻrtoqlashadi. Xullas, tashrifdan koʻzlangan maqsad, Buxoro viloyatida ham regbi sport turini rivojlantirish, oʻquvchilar oʻrtasida ommalashtirish hamda regbini boshqa sport turlari kabi yuqori pogʻonalarga olib chiqishdan iborat.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *