Ot sportining uchkurash turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakunlandi

Joriy yilning 22-25-oktyabr kunlari shahsiy-jamoaviy ot sportini uchkurash turi boʻyicha chempionat boʻlib oʻtdi. Chempionat dasturida chavandozlar ot yoʻrttirish, kross va toʻsiqlardan sakrash boʻyicha bellashdilar.

Mazkur chempionatda yurtimizning Andijon, Fargʻona, Buxoro, Qashqadaryo viloyatlari hamda toshkentlik sportchilar ishtirok etdi.

Musobaqa yakunlariga koʻra gʻoliblar quyidagilar:

1-oʻrin. Abduazim Ramziddinov (Kvantum Dji laqabli otda).

2-oʻrin. Jasurbek Xotambekov (Garpus laqabli otda).

3-oʻrin. Saidamirxon Turgunbayev (Sharliz Teron laqabli otda).

Yosh otlar bilan birinchi marotaba ishtirok etganlar:

1-oʻrin. Umida Xamrayeva (Pegas Omskiy laqabli otda).

2-oʻrin. Jasurbek Xotambekov (Jizel laqabli otda).

3-oʻrin. Abduazim Ramiddinov (Rizotta laqabli otda).

Musobaqa yakunlariga koʻra gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *