O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasida “Ochiq eshiklar kuni” qanday tashkil etildi yoxud musobaqa maydonida faxriylar

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi tomonidan yurtimizda Olimpiya o‘yinlari turkumidan joy olgan sport turlari, jumladan stol tennisini yana-da ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va bolalarni mazkur sport turiga keng jalb etish maqsadida stol tennisi bo‘yicha “Ochiq eshiklar” kuni va faxriylar o‘rtasidagi musobaqa tashkil etildi.

Mazkur sport tadbirida bolalarga yurtimizning iqtidorli stol tennischilari tomonidan mahorat saboqlari o‘tkazildi.

– Bugun sportga har qachongidan ham katta eʼtibor qaratilmoqda, – deydi O‘zbekiston stol tennisi federatsiyasi raisi Saida Mahmudova. – Bu eʼtibor samarasida aholi, ayniqsa farzandlarimiz o‘zlari yoqtirgan sport turlari bilan shug‘ullanish orqali har tomonlama sog‘lom bo‘lib kamol topmoqda. Stol tennisi bo‘yicha tashkil etilgan “Ochiq eshiklar” kuni va faxriylar o‘rtasidagi musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. Bolalarimiz iqtidorli sportchilar bilan birgalikda shug‘ullangan bo‘lsa, faxriylarimiz o‘zaro raqobatlashdi. Bu kabi sport tadbirlari yoshlarimizni sportga bo‘lgan muhabbatini yana-da oshirishi shubhasiz.

Mamlakatimizning eng sara faxriy stol tennisi ustalari o‘rtasida o‘tgan musobaqa ham qizg‘in va murosasiz o‘tdi. Yuksak tajriba va mahoratga ega faxriylarimiz 20-40, 41-49, 50-59, 60 va undan yuqori yosh toifalariga bo‘lingan holda g‘oliblik uchun kuch sinashdilar.

Quyida faxriylar o‘rtasida o‘tgan musobaqa g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

20-40 yosh toifasi:

1.Abletipov Sh.

2. Umarov O.

3. Tojiboyev X.

41-49 yosh toifasi:

1. Kuliboyev A.

2. Abdullayev U.

3. Shamyunov R.

50-59 yosh toifasi:

1. Murodxo‘jayev D.

2. Rasulov A.

3. Ahmedov M.

60 va undan yuqori yosh toifasi:

1. Raupov A.

2. Xasanov A.

3. Selyutin A.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *