“Pahlavon avlod” sport majmuasida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishamiz

Xorazm viloyati Xiva tumani “Gulshan” mahallasi yoshlari jismoniy tarbiya va sportni juda sevadi. Taʼbir joiz boʼlsa aytish kerak, mahallaning sport bilan shugʼullanish istagida boʼlgan yoshlari qishning sovugʼida, yozning jazirama issigʼida bir necha chaqirim yoʼl bosib Xiva shahridagi bolalar-oʼsmirlar sport maktabiga qatnashgan.

“Pahlavon avlod” oilaviy korxonasi tashabbusi bilan davlat-xususiy sherikchilik asosida mahalla markazida qarovsiz qolgan stadion oʼrnida koʼp qirrali zamonaviy sport majmuasi bunyod etilgan. Majmuada gandbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, badminton maydonchalari, sunʼiy qoplamali mini futbol maydoni, kurash va trenajyor zal, shuningdek, yugurish yoʼlakchasi va uzunlikka sakrash sektori ham mavjud. Taʼkidlash joiz mazkur sport majmua xalqaro talablar asosida jihozlangan.

Sport majmuasining yana bir eʼtiborli jihati shundaki bu yerda favvora suhbatlashish ayvoni va bolalar attraktsionlarini qamrab olgan “Dam olish xiyoboni” ham tashkil etilgan.

Аyni damda bu yerda yetti nafar kishi doimiy ish oʼrni bilan taʼminlangan. Sport majmuada 5 nafar trener qoʼl ostida 15 guruxda 180 nafar oʼquvchi yoshlar (42 nafar qizlar) shugʼullanib kelishmoqda. Shundan, 2 nafar oliy, 3 nafari oʼrta maxsus maʼlumotga ega boʼlib, ularning 1 nafari 1-toifali, 4 nafar mutaxassis trener-oʼqituvchilar hisoblanadi. Taʼkidlash lozim, ushbu murabbiylarning barchasida trenerlik faoliyatini olib borish uchun maxsus ruxsatnoma mavjud.

Paxlavon avlod sport maktabiga 600 million soʼm mablagʼ sarflangan holda shunday koʼrkam va zamonaviy koʼrinishga kelgan.

Paxlavon avlod sport maktabiga qarashli 25/12 oʼlchamdagi 1 ta sport inshooti mavjud boʼlib, bundan tashqari yechinish va dush xonalari talab darajasida barpo etilgan. 

Sport maktabida 5 ta (ogʼir atletika, erkin kurash, futbol, karate, pauerlifting) olimpiya sport turi, 3 ta (ogʼir atletika, erkin kurash, futbol) 2 ta (pauerlifting, karate ) noolimpiya sport turlari faoliyat koʼrsatayotgan boʼlib, inshootning bir kunlik 180 nafar oʼquvchini oʼz bagʼriga sigʼdira oladi.

2019 yildan shu kunga qadar sport maktabida shugʼullanuvchi yoshlar Oʼzbekiston chempionati va kuboglarida ishtirok etib 2 ta oltin, 2 ta kumush hamda 4 ta bronza medallarini qoʼlga kiritishgan.

Endilikda Xiva tuman “Gulshan” mahallasida bunyod etilgan majmuadan “Oqyop”, “Qoraqum”, “Eski” “Qiyot”, “Boʼston” va “Doshyoq” mahallalari aholisi foydalanishi mumkin. 

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *