Para taekvondo boʻyicha onlayn mamlakat chempionati boʻlib oʻtadi

Mamlakatimizda karantin choralari yumshatilishi munosabati bilan barcha sport musobaqalariga (onlayn tarzda) bosqichma-bosqich ruxsat berilmoqda.

Ushbu vaziyatni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi ham bir qator onlayn musobaqalarni tashkil etib kelmoqda.

Shunday musobaqalardan biri Mustaqilligimizning 29 yilligiga bagʻishlab para taekvondo boʻyicha onlayn mamlakat chempionati boʻlib oʻtadi.

Mazkur musobaqaga bugun 17:00 da start beriladi. Ushbu musobaqada barcha sportchilarga omad yor boʻlishini tilab qolamiz!

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *