“Paxtakor” navbatdagi dovonni zabt etdi

Xabaringiz bor, Toshkentning “Paxtakor” klubi Osiyo Chempionlar ligasida o‘z yurishini davom ettirmoqda. Markazlashtirilgan holda Qatarda bo‘lib o‘tayotgan turnirning nimchorak finalida “sherlar” Eronning eng nomdor klubi “Istiqlol”ni taslim etdi.

Toshkentliklar uchrashuvni juda faollik bilan boshlagan bo‘lsalarda, bahsda hisobni ochish eronliklarga nasib etdi. Birinchi taymning 32-daqiqasida tajribali Ali Karimi o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘yib, “Istiqlol”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ushbu goldan so‘ng “Paxtakor” futbolchilari oldinga tashlanishdi va taym yakuni arafasida muvozanatni tiklashdi. 43-daqiqada qanot himoyachisi Hojiakbar Alijonov tomonidan jarima maydonchasiga havodan uzatilgan to‘pni Dragan Cheran boshi raqib darvozasiga aniq yo‘lladi.

Tanaffusdan ko‘tarinki kayfiyatda qaytgan toshkentliklar taym avvalidayoq g‘alabani naqd qilib bergan golni “Istiqlol” darvozasiga yo‘lladi. Shveysariyalik hujumchi Eren Derdiyok o‘z darajasini namoyish etdi.

“Paxtakor” futbol klubi 28 sentyabr kuni qurʼa natijasiga ko‘ra o‘z raqibini bilib oladi.

Osiyo Chempionlar ligasi, nimchorak final.

“Paxtakor” (Toshkent) – “Istiqlol” (Tehron) – 2:1 (1:1, 1:0).

Hakamlar: Ahmad Abu Bakar Said Al Kaf, Al Amri Abu Bakar Salim Mahad, Rashid Hamad Ali Al G‘aiti (uchalasi Ummon), Mohd Amirul Izvan Bin Yoqub (Malayziya).
Nazoratchi: Srinivasan Suresh (Hindiston).

Gollar: 0:1 – Ali Karimi (32), 1:1 – Dragan Cheran (43), 2:1 – Eren Derdiyok (47).

“Paxtakor”: Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Anzur Ismoilov, Jaloliddin Masharipov, Dragan Cheran, Yegor Krimes, Dostonbek Hamdamov (Javohir Sidiqov, 74), Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Farrux Sayfiyev, Eren Derdiyok (Igor Sergeyev, 74). 

“Istiqlol”: Saidhusayn Husayni, Milad Zakipuri, Ro‘zbeh Chashmiy, Orif Qulami, Ali Karimi, Sheyk Diabate, 8.Farshid Ismoili (Zakaria, 69), Mehdi G‘oyedi, Masʼud Riqi (Farshid Bageri, 80), Muhammad Donishgar, Amirarsalan Motahhari (Arash Rizovand, 53).

Ogohlantirishlar: Arsalan Mottahhari 4, Yegor Krimes 5, Muhammad Danashgar 74, Arash Rezavand 77, Eldorbek Suyunov 85, Milad Zakipuri 87, Farruh Sayfiyev 90, Mehdi G‘ayedi 90+2.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *