Piyoda yurgan insondan xastaliklar yiroq boʻladi

Sir emaski, mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash masalasiga hukumat darajasida eʼtibor qaratilmoqda. Ayniqsa, soʻnggi yillarda kasalliklar bilan kurashish emas, balki aholining tibbiy va sanitar-gigiyenik madaniyati darajasini yuksaltirish hamda tizimli profilaktikaga jiddiy ahamiyat berilmoqda.

Jizzax shahrida tashkil etilgan navbatdagi sogʻlomlashtirish tadbiri ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qiladi. 1-dekabr – Xalqaro OITSga qarshi kurash kuniga bagʻishlangan ushbu tadbirni oʻtkazishda viloyat sogʻliqni saqlash hamda jismoniy tarbiya va sport boshqarmalari, Milliy gvardiya, Ichki ishlar boshqarmasi hamda qator manfaatdor tashkilotlar hamkorlik qilishdi.

Shu kuni tashkil etilgan “Salomatlik uchun 5 000 qadam” aksiyasini oʻtkazishdan koʻzlangan bosh maqsad – aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishdan iborat edi. Aytish kerakki, tashkilotchilar maqsadiga erishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar asosan sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, odamlarni koʻproq dori emas, balki toʻgʻri ovqatlanishga, sportga oʻrgatish lozimligini taʼkidlashdi. Shuningdek, har kim avvalo oʻzining salomatligi uchun hech boʻlmaganda kuniga 5 ming qadam piyoda yurishi borasida ham zarur tavsiyalar berildi.

Darvoqe, piyoda yurish turli kasalliklarning kelib chiqishini oldini olibgina qolmasdan inson umrining uzayishiga ham xizmat qiladi. Shunday ekan, har birimiz kuniga kamida 10 ming qadam yurishga odatlanmogʻimiz kerak. Oʻshanda turli dard va xastaliklar bizdan yiroq boʻladi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *