Pop tumanida mini-futbol boʻyicha “Hokim kubogi” musobaqasi gʻoliblari aniqlandi

Tuman miqyosidagi musobaqada sektorlar kesimida 77 ta MFY yoshlar jamoalari ishtirok etib, kuchlilar saralandi va “Hokim kubogi”ning final bosqichiga yetib kelishdi

Musobaqaning ochilish marosimida Namangan viloyat Jismoniy-tarbiya va sport boshqarmasi boshligʻi A.Toʻychiyev, Pop tumani hokimi oʻrinbosari E.Asqarov, tumandagi sektorlarning rahbarlari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar dastlabki bosqichda toʻrtta sektorga boʻlingan holda bahslarga kirishdi. Guruhlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar esa final bosqichida bosh sovrin uchun kurashish imkoniga ega boʻldi. Hal qiluvchi bosqichda sektorlar kesimidagi gʻolib jamoalar bir-birlari bilan oʻzaro bahs olib borishdi. Kuchli toʻrtlikdan oʻrin olgan jamoalar oʻrtasidagi uchrashuvlar esa ancha keskin va murosasiz ruhda oʻtganligini aytish joiz.

Musobaqa gʻoliblari va sovrindorlarini taqdirlash marosimida ishtirok etgan Pop tumani hokimi A.Sultanov bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrliklarga alohida toʻxtalib oʻtdi hamda musobaqa gʻoliblarini samimiy muborakbod etdi.

Murosasiz kechgan bahslar yakuniga koʻra 2-sektor hududidagi Uygʻur jamoasi 3-oʻrinni qoʻlga kiritdi. 3-sektor hududidagi “Sang” mahallasi yoshlari esa 2-oʻringa sazovor boʻldi. “Hokim kubogi”ning mutlaq gʻolibligi 1-sektor hududi yoshlar jamoasiga nasib etdi. Hal qiluvchi final bosqichiga yetib kelgan barcha jamoalar tuman hokimligining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *