Poytaxtimiz suv sporti boʻyicha Tokio 2020 litsenzion musobaqasiga mezbonlik qilmoqda

Joriy yil musobaqalar taqvim rejasiga asosan, 24-29-noyabr kunlari Poytaxtimizdagi “Saxovat” suv sporti markazida Oʻzbekiston ochiq chempionati bahslari boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur musobaqaning ahamiyatli jihati shundagi gʻoliblar Xalqaro suv sporti turlari federatsiyasi tomonidan Tokio-2020 litsenziyasi uchun qimmatli reyting ochkolarini ham qoʻlga kiritadilar.

Mazkur nufuzli chempionatda Oʻzbekiston suv sporti ustalari bilan bir qatorda Qirgʻiziston va Chexiya terma jamoalari ham ishtirok etishmoqda.

Oʻzbekiston suv sporti federatsiyasidan olingan maʼlumotga koʻra Chexiyaliklar tarkibida Barbora Siimanova, Yan Mitska , Lucie Svecena, Kristina Xorska kabi Rio-2016, London–2012 Olimpiada oʻyinlari ishtirokchilari, Yevropa va Jahon chempionatlari sovrindorlari yurtimizga tashrif buyurishgan.

Musobaqaning bugungi kun natijalari Oʻzbek sporti uchun quvonchli voqealarga boy boʻldi desak mubolagʻa boʻlmaydi.

100 metrga erkin usulda suzish bahsining yarim finalida terma jamoamiz aʼzosi Xurshid Tursunov 48:36 soniya natija qayd etdi va Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlari normativini ham bajardi. Ushbu masofada Olimpiada normativi 48.57 soniyani tashkil etadi.

Xurshid Tursunov qayd etgan natija Xalqaro suv sporti turlari federatsiyasi FINA tomonidan tasdiqlangach Tokio-2020 uchun yana bir yoʻllanmamiz rasman qoʻlga kiritilgan hisoblanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *