Poytaxtimizda ham katta sport bayrami boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF–6099-sonli farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Shayxontohur tumani hokimligi, tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, xalq taʼlimi, maktabgacha taʼlim boʻlimi va tuman madaniyat boʻlimlari bilan hamkorlikda yoshlari oʻrtasida sportning gimnastrada turi boʻyicha ommaviy sport tadbiri oʻtkazildi.

Ushbu tadbirda tumandagi umumtaʼlim maktabi oʻquvchilari, maktabgacha taʼlim muassasa tarbiyalanuvchilari hamda MFYdagi faol xotin-qizlar ishtirok etishdi.

Musobaqa yakunlariga koʻra munosib ishtirok etganlar tashkilotchilar tomonidan “Hokim kubogi”, diplom, medal hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *