Poytaxtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yoʻlidagi ishlar

Barcha viloyatlarda boʻlgani kabi Toshkent shahrida ham jismoniy tarbiya va sportga alohida eʼtibor bilan yondashiladi.

Poytaxtimizning har bir tuman va shaharlarida koʻplab sport bilan mashgʻul boʻlgan yoshlarni uchratish mumkin. Jumladan, Sergeli tumanida ham aholining barcha qatlamini ommaviy sportga keng jalb qilish maqsadida sport musobaqalari oʻtkazib kelinmoqda.

Tuman jismoniy tarbiya va sport boʻlimi, mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash boʻlimi, xalq taʼlimi boʻlimi hamda yoshlar ishlari agentligi hamkorligida tuman hududida faoliyat yuritayotgan bolalar va oʻsmirlar sport maktabida Sergeli tumani umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan 300 nafardan ziyod oʻquvchilarni, mahalla yoshlarini hamda ushbu sport maktabi oʻquvchilarini jalb qilgan holda sportning «Mini-futbol», «Stritbol» hamda koʻp kurash (100 metrga yugurish, turnikka tortilish, uzunlikka sakrash) turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.

Musobaqa soʻngida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *