Qarshi shahri bir vaqtning oʻzida ikkita musobaqaga mezbonlik qilmoqda

Xabaringiz bor ayni kunlarda Qashqadaryo viloyati yana bir katta musobaqaga mezbonlik qilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi “Universal” sport majmuasida bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish boʻyicha xalqaro ochiq turnir hamda Oʻzbekiston kubogi musobaqasi start oldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston bahodirlar oʻyinlari va tosh koʻtarish federatsiyasi va bir nechta mutasaddi tashkilotlar hamkorligida oʻtkazilayotgan bahslarda kecha respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan 12-18, 18-21 va 21-39 yoshgacha boʻlgan 250 nafarga yaqin sportchilar 8, 16, 24 va 32 kg toshlarni koʻtarishgan.

Ushbu musobaqaning bugungi kun dasturida Rossiya, Tojikiston, Qozogʻiston, Turkiya, Ukraina va Qirgʻiziston kabi davlatlaridan kelgan polvonlar bilan bir qatorda respublikamiz bahodirlari ham gʻoliblik uchun oʻz kuch va irodalarini namoyish yetishmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *