Qarshi shahrida 200 o‘rinli velopark quriladi

Bugun Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida joylashgan “Mustaqillik” shoh ko‘chasi bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–6099-sonli farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida aholining turli qatlamlari o‘rtasida velosayr va ommaviy yurish tadbirlari o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev barcha qatnashchilarga “Shaxsiy namuna” ko‘rsatgan holda sektor rahbarlari, korxona va tashkilotlar boshliqlari va aholining turli qatlamlari bilan birga velosayr hamda ommaviy yurish tadbirlarida faol ishtirok etdi.

Tadbir yakunida rahbarlar aholi foydalanishi uchun yangidan bunyod etilayotgan 200 o‘rinlik veloparkka o‘z velosipedlarini sovg‘a qilishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *