Qashqadaryo viloyatida ham ommaviy sport tadbirlari oʻtkazilmoqda

Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan viloyat boʻylab sogʻlom turmush tarzini keng joriy qilish, aholi ayniqsa yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini yana-da oshirish maqsadida tegishli masʼul tashkilotlar bilan hamkorlikda ommaviy sport tadbirlari hamda musobaqalari karantin qoidalari asosida oʻtkazilmoqda.

Ushbu ommaviy tadbirlarda mazkur hududlarda istiqomat qiluvchi aholining barcha qatlami, keksalar va nuroniylar, ayollar va yoshlar birdek ishtirok etmoqda.

Jumladan, maktabgacha taʼlim, xalq taʼlimi, sport taʼlim muassasalari oʻquvchilari, tarbiyalanuvchilari va xodimlari bilan ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari ham doimiy ravishda tashkil etib borilmoqda.

Bu galgi badantarbiya mashgʻulotlari ham shular jumlasidan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *