Qashqadaryoda tashkilotlar oʻrtasida “Rahbar kubogi” musobaqasi start oldi

Bugun Qarshi shahrida joylashgan viloyat ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport oʻyinlari va yengil atletika sport maktabiga qarashli sunʼiy qoplamali futbol maydonida viloyat boshqarmalari hamda tashkilotlari xodimlari oʻrtasida sportning mini futbol turi boʻyicha, karantin qoidalari asosida “Rahbar kubogi” musobaqasiga start berildi.

Mazkur musobaqada viloyatdagi barcha tashkilotlardan jami 16 ta jamoalar gʻoliblik uchun maydonda kurash olib bormoqda.

Jumladan, viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Davlat xavfsizlik xizmat, ichki ishlar, moliya, xalq taʼlimi, soliq, sogʻliqni saqlash, viloyat hokimligi qurilish boshqarmalari hamda OʻzAgrosugʻurta, Gissarneftgaz, Oʻzburgʻugaz, Temiryoʻl, Markaziy bank tashkilotlari va Qarshi Davlat Universiteti, TATU Qarshi filiali, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti jamoalari maydonda toʻp tepishmoqda.

Joriy yilning 24-sentyabr kuni musobaqada gʻolib va sovrindor boʻlganlar aniqlanadi va tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *