Qilichbozlar yakkalik hamda jamoaviy bahslarda ishtirok etishdi

Xabaringiz bor poytaxtimizda qilichbozlik boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Oʻzbekiston chempionati yakunlandi. Mazkur sport turnirining shpaga yoʻnalishida, yaʼni 23 yosh va undan kichik yoshdagilar oʻrtasidagi yakkalik bahslarda 47 nafar sportchilar birinchilik uchun kuch sinashdi. Yakuniy natijalar quyidagicha:

Shpaga. Yakkalik (oʻgʻil bolalar);

1-oʻrin. Fayzullo Alimov (Toshkent)

2-oʻrin. Emil Kagirov (Navoiy)

3-oʻrin. Nodir Muminov (Andijon)

3-oʻrin. Abdulbosit Nasriddinov (Andijon)

Shpaga. Yakkalik (qizlar);

1-oʻrin. Sevara Raximova (Toshkent)

2-oʻrin. Veronika Rojkova (Toshkent)

3-oʻrin. Yulduz Usmonova (Novoiy)

3-oʻrin. Aziza Xamidova (Buxoro)

Jamoaviy bahslarda oʻzlarining bor sport mahoratlarini namoyon etgan Buxorolik shpagachi qizlar barcha raqiblarini yengib, tengsiz ekanini isbotlashdi. Final bosqichidagi keskin va murosasiz kechgan bellashuvda Buxoro-1 jamoasi Toshkent -1 jamoasini 45-41 hisobi bilan magʻlub etdi va turnirning oltin medaliga sazovor boʻlishdi.

Shpaga. Jamoaviy (qizlar);

1-oʻrin. Buxoro viloyati

Zubaydulloyeva Marjona

Boltayeva Barchinoy

Xamidova Aziza

Karomatova Firuza

2-oʻrin. Toshkent I

Rojkova Veronika

Raximova Sevara

Suvonova Jasmina

Suyundukova Moxinur

3-oʻrin. Toshkent II

Qosimova Rada

Egamberdiyeva Shaxzoda

Albekova Amaliya

Nasirulloyeva Xusnora

Shpagachi yigitlar jamoalari oʻrtasida andijonliklar gʻalaba pogʻonasining eng yuqori pogʻonasini egallashga muvaffaq boʻlishdi. Final bosqichida Andijon-1 va Toshkent-1 jamoalari birinchilik uchun kurash olib borishdi. Qizgʻin bahslar davomida Andijon-1 jamoasi 45-42 hisobi bilan poytaxtlik shpagachilar ustida gʻalaba qozonishib, turnirning oltin medaliga sazovor boʻlishdi.

Yakuniy natijalar quyidagicha:

Shpaga. Jamoaviy (Erkaklar).

1-oʻrin. Andijon-1

Nodir Muminov

Abdulbosit Nasriddinov

Mirzoulugʻbek Muminov

Saydullo Xasanov

2-oʻrin. Toshkent-1

Fayzullo Alimov

Matvey Kremnyov

Zafar Siddiqov

Shaxriyor Gʻofurov

3-oʻrin. Navoiy viloyati

Emil Kagirov

Sunnat Amonov

Kamoliddin Axtamov

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *