Qoraqalpogʻistonda polvonlar prokuror kubogi uchun bellashdi

Nukusda kurash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori kubogi uchun musobaqa boʻlib oʻtdi.

Tantanali ochilish marosimidan soʻng kurash federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimining oʻtgan yilgi faoliyati sarhisob qilinib, “Yilning eng yaxshi treneri”, “Yilning eng yaxshi hakami”, “Yilning eng yaxshi sportchisi”, “Yilning eng yaxshi hamkor tashkiloti”, kurash sport turini targʻib qilgan eng yaxshi ommaviy axborot vositasi xodimi va boshqa nominatsiyalar boʻyicha gʻoliblarga tashakkurnoma hamda esdalik sovgʻalari topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan musobaqada 6 ta jamoadan 53 nafar oʻsmir va 12 nafar qiz oʻzaro kuch sinashdi.

Oʻz vazn toifalarida oʻsmirlar oʻrtasida Anvar Allambergenov, Atabek Begaliyev, Menlibek Yuldashev, Zarapatdin Turdimuratov, Rufat Begaliyev, qizlar oʻrtasida Biybiroʻza Qollibekova, Indira Yelmuratova birinchi oʻrinlarni egalladi.

Gʻoliblarga diplom, medal hamda esdalik sovgʻalari topshirdi. Yakuniy natijalar boʻyicha shakllangan jamoa Toshkent shahrida Bosh prokuror sovrini uchun boʻlib oʻtadigan musobaqada ishtirok etadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *