Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlar soni 8 mingga yaqinlashdi, Qirg‘izistonda esa 1365 kishiga yetdi

Qozog‘istonda o‘tgan bir sutka ichida yana 322 kishida koronavirus aniqlandi, deb xabar beradi Tengrinews.

Mamlakat bo‘ylab kasallar sonining ortishi 4,2 foizni tashkil etmoqda. Koronavirus yuqtirib olish bo‘yicha yangi holatlar quyida viloyatlarda aniqlangan:

  • Nur-Sulton — 83 (5,7 foiz);
  • Olmaota — 66 (3,3 foiz);
  • Qarag‘anda viloyati — 43 (9,8 foiz);
  • Chimkent — 34 (6,3 foiz);
  • Jambil viloyati — 20 (8,7 foiz);
  • Olmaota viloyati — 16 (6,1 foiz);
  • Atirau viloyati — 16 (1,9 foiz);
  • Turkiston viloyati — 15 (5,7 foiz);
  • Aqto‘be viloyati — 10 (4,1 foiz):
  • G‘arbiy Qozog‘iston viloyati — 10 (2,8 foiz);
  • Qizilo‘rda viloyati — 3 (1,1 foiz);
  • Aqmo‘la viloyati — 3 (2,1 foiz);
  • Kostanay viloyati — 2 (1,8 foiz);
  • Sharqiy Qozog‘iston viloyati — 1 (1,7 foiz);
  • Pavlodar viloyati — 1 (0,6 foiz).

Shunday qilib, Qozog‘istonda koronavirusga chalinganlarning jami soni 7919 kishiga yetdi. Hozirga qadar 4096 nafar bemor davolanishga muvaffaq bo‘lgan, 35 kishi esa COVID-19 qurboniga aylangan.

Qirg‘izistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 15 kishida koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Kasallarning 12 nafari Bishkek shahri hisobiga to‘g‘ri kelmoqda, ularning to‘qqiz nafari avvalroq Sankt-Peterburgdan uchib kelgan. Shuningdek, Chuy, O‘sh va Jalolobod viloyatlarida ham bir nafardan bemor qayd etilgan.

Kasallikka chalinganlarning 10 nafari chetdan kirib kelgan, qolganlari esa bemorlar bilan aloqada bo‘lganlar.

O‘zbekistonda 23-may soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3078 nafarni tashkil qilmoqda. Mamlakatda 2492 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. Hozirda 573 nafar bemor davolanmoqda, ulardan 4 nafarining ahvoli og‘ir.Butun mamlakat bo‘ylab COVID-19 koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 1365 kishiga yetdi — ularning 14 nafari vafot etgan, 957 nafari sog‘aygan, 394 kishi hozirda davolanmoqda. Ta’kidlanishicha, 11 bemorning ahvoli og‘ir, ularning to‘rt nafari jonlantirish bo‘limida.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *