Regbichilarimiz chorak finalda

Xabaringiz bor, kecha Rossiya Federatsiyasining Ufa shahrida MDH davlatlari oʻrtasida regbi boʻyicha xalqaro turnirga start berildi.

Fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan oʻtkazilayotgan musobaqada mamlakatimiz sharafini “Universitet” jamoasi himoya qilmoqda.

Musobaqaning birinchi kunida hamyurtlarimiz uchta uchrashuv oʻtkazishdi. Dastlabki oʻyin Belorusning “Huragva” jamoasiga qarshi boʻlib oʻtdi. Ushbu oʻyinda regbichilarimiz raqib jamoasini 29-7 hisobida magʻlub etishdi.

Ikkinchi oʻyin juda tajribali Yekaterinburgning “Rat” jamoasiga qarshi boʻlib oʻtdi, bu uchrashuvda ham regbichilarimiz raqibdan kuchliroq ekanliklarini isbotlab, 19-12 hisobida gʻalaba qozonishdi.

Turnir mezbonlariga qarshi uchinchi oʻyinda guruh gʻolibi aniqlandi. Hamyurtlarimiz bu oʻyinda Boshqirdistonning “Ufa” jamoasi bilan kuch sinashib, yakunda magʻlubiyat alamini totib koʻrishdi.

Shunday qilib, musobaqaning birinchi kunidan soʻng “A” guruhida 2-oʻrinni egallagan hamyurtlarimiz chorak finalda ishtirok etish huquqini qoʻlga kiritishdi.

Bugun, 13-sentyabr kuni “Universitet” jamoasi “S” guruhining gʻolibiga qarshi yarim finalga chiqish uchun maydonga tushadi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *