Respublikamiz boʻylab aholini ommaviy sportga keng jalb qilish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda

Mamlakatimizda karantin qoidalarining yumshatilishi munosabati bilan keng aholini sogʻlom hayotga qaytarish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida turli ommaviy sport tadbirlari muntazam tashkil etilib kelinmoqda.

Bu borada Andijon viloyatida ham tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Aholini barcha qatlamini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga kengroq jalb qilish maqsadida viloyatda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugun Andijon viloyatidagi sportning oʻyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabining “Barkamol avlod” sport majmuasida 2000-yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, jahon chempioni, ikki karra Osiyo chempioni Muhammadqodir Abdullayev boshchiligida ertalabki badantarbiya mashqlari hamda “Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida yurish marafoni oʻtkazildi.

Mazkur ommaviy sport tadbirida viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi xodimlari boshchiligida boshqarma tizimidagi barcha tashkilotlar, xalq taʼlimi hududiy boʻlimlari, sogʻliqni saqlash boʻlimi, nuroniylar, yoshlar hamda korxona va tashkilotlardan 4000 nafardan ziyod xodimlar va aholi ishtirok etdi.

Respublikamiz boʻylab bundaq cport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *