Respublikamiz boʻylab “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy sport tadbirlari davom etmoqda

Qashqadaryoda ham “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostida yurish hamda ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari oʻtkazildi.

Qashqadaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda Qarshi shahrida joylashgan Abdulla Oripov nomidagi maktab xiyobonida, viloyat boʻylab sogʻlom turmush tarzini keng joriy qilish, aholi ayniqsa yoshlarni sportga boʻlgan qiziqishlarini yana-da oshirish maqsadida piyoda yurish aksiyasi va ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarining navbatdagisi karantin qoidalariga rioya qilgan holda oʻtkazildi.

Ushbu ommaviy tadbirda shahar hududida istiqomat qiluvchi aholining barcha qatlami, keksalar va nuroniylar, ayollar hamda yoshlar birdek ishtirok etishdi. Eʼtiborli jihati mazkur tadbirda 400 nafarga yaqin aholi ishtirok etdi.

Bunday ommaviy tadbirlar respublikamizning barcha hududlarida doimiy ravishda tashkil etib borilmoqda.

Jismoni tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *