Respublikamiz boʼylab ommaviy sport tadbirlari muntazam oʼtkazilmoqda

Mamlakatimizda karantin qoidalarini yumshatilishi munosabati bilan keng aholini sogʼlom hayotga qaytarish hamda ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida yurtimizning barcha hududlarida ommaviy sport tadbirlari oʼtkazilmoqda.

Jumladan, Jizzax va Qashqadaryo viloyatida ham shunday tadbirlar oʼtkazildi.

Jizzax shahrida viloyat Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda viloyat aholisi ishtirokida ertalabki ommaviy badantarbiya mashgʼulotlari va «Sogʼlom hayot uchun 5000 qadam» shiori ostida ommaviy yurish sport tadbirlari boʼlib oʼtdi.

Ommaviy tadbirda uch ming nafarga yaqin aholi ishtirok etdi. Tadbir erta tongda «Sugʼdiyona» sport majmuasida badantarbiya mashgʼulotlari bilan boshlandi shundan soʼng Sharof Rashidov shox koʼchasi boʼylab «Yoshlar shaharchasi»gacha boʼlgan masofa bosib oʼtildi.

Qashqadaryoda ham ommaviy badantarbiya hamda yurish marafonlari boʼlib oʼtdi. Tadbirda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʼlgan aholi faol ishtirok etdi. Jizzaxda boʼlgani kabi Qashqadaryoda ham badantarbiya mashgʼulotlari soʼngra yurish marafoni oʼtkazildi.

Bu kabi ommaviy sport tadbirlari barcha hududlarda muntazam oʼtkazib kelinmoqda.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *