Rishod Sobirov va Abdulla Tangriyev yana dzyudo tatamisida

Shu kunlarda poytaxtimiz Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi tashabbusi bilan tashkil etilgan dzyudo boʻyicha besh davlat terma jamoalari ishtirokidagi xalqaro oʻquv-mashgʻulot yigʻiniga mezbonlik qilmoqda.

Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar berishicha: Federatsiya Dzyudo markazida oʻtkazilayotgan mashgʻulotlarda mamlakatimiz sportchilari bilan birga Gruziya, Fransiya, Qirgʻiziston va Misr terma jamoalari ishtirok etayotgandi. Ulardan yon qoʻshnilarimiz mashgʻulotni yakunlab, Bishkekka joʻnab ketishdi.

Kecha xalqaro mashgʻulot doirasida Oʻzbekiston va Misr terma jamoalari oʻrtasida oʻziga xos musobaqa oʻtkazildi. Unda uch karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori Rishod Sobirov, Olimpiadaning kumush medal sohibi, jahon chempioni Abdulla Tangriyev, taniqli polvonimiz Sherali Joʻrayev kabi dzyudochilarimiz ham oʻz mahoratlarini namoyish etishdi. Bellashuvlarda xalqaro toifadagi IJF referilarimiz Ramziddin Saidov va Vyacheslav Pereteyko hakamlik qilishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *