Samarqand viloyatida “Sogʻlom hayot uchun 5 ming qadam” shiori ostida yurish marafoni boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 31-oktyabr kuni tashkil qilingan ommaviy yurish marafoni “Sport haftaligi” doirasidagi ommaviy sport tadbirlarining mantiqiy davomi va chinakam sport bayrami boʻldi. “Sogʻlom hayot sari 5000 qadam” shiori ostida yurish marafoni oʻtkazildi. 
 

Yurish marafoniga Samarqand tumani Gulobod qoʻrgʻonidan start berilib. Tuman xokimligi binosigacha boʻlgan masofani tuman aholisi koʻtarinki va bayramona kayfiyatda ertalabki yurish marafonini oʻtkazishdi. Samarqand tumani xokimligi binosi oldida tadbir ishtirokchilari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
– Ertalabki yurish va yengil mashqlar bajarish har qanday kasallikning oldini oladi deydi marafon ishtirokchisi Zulfiya aya– Salomatligingiz uchun ertalab 10-15 daqiqa sport bilan shugʻullaning kun davomida aʼlo kayfiyatda yurasiz. 
Ushbu Ommaviy yurish marafonida Samarqand tumani hokimi oʻrinbosari Z.Shodiyeva tuman faxriylari hamda keng jamoatchilik ishtirok etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *