Samarqand xayriya yarim marafonida men bilan ishtirok eting – Ravshan Ermatov

Aziz do‘stlar!

Men ham ko‘pchilik yurtdoshlarimiz qatori bu yilgi Samarqand xayriya yarim marafonida ishtirok etishga qaror qildim.

Bugun mamlakatimizda inklyuziv muhitni yaratishda ijobiy o‘zgarishlar ko‘zga tashlanmoqda. Xususan, biz natijalarni aniq ko‘rsatadigan va eng muhimi, odamlarga yordam beradigan xorijiy tajribaga o‘tmoqdamiz.

Shu o‘rinda Samarqand xayriya yarim marafonining tashkilotchilari bo‘lmish Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘z minnatdorligimni bildiraman. Umid qilamanki, bu aksiya anʼanaviy bo‘lib qoladi va unda ishtirok etuvchilar safi tobora kengayadi.

Bu yilgi yarim marafon 1 noyabr kuni o‘tkaziladi va siz dunyoning istalgan nuqtasidan unda ishtirok etishingiz mumkin. Buning uchun siz quyidagi sayt (https://samarkandhalfmarathon.uz) orqali ro‘yxatdan o‘ting hamda ushbu xayrli ishga o‘z hissangizni qo‘shing!

Unutmang, savob ishni har kim har kun qilishi kerak!

Ravshan Ermatov
Jismoniy tarbiya va sport vazirining
birinchi o‘rinbosari

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *