Samarqandda “Charm to‘p-2020”, “Futbolimiz kelajagi”, “Mahallada futbol” musobaqalarining viloyati bosqichi g‘oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi “O‘zbekistonda futbolini mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlarlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining qo‘shma qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi hamda viloyat futbol assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda joriy yilning 22-sentyabr kuni Samarqand shahrida joylashgan Samarqand shahar 2-son bolalar-o‘smirlar sport maktabi futbol  o‘yingohida 15-16 yoshli bolalar o‘rtasida mahallalar aro “CHARM TO‘P-2020” musobaqasining viloyat final bosqichi o‘tkazildi.

Mazkur musobaqada uchinchi o‘rinni “Ohalik” MFY (Samarqand tumani) jamoasi, ikkinchi o‘rinni “Baland rovot”  MFY (Paxtachi tumani) jamoasi,  birinchi o‘rinni “Minglar” MFY (Ishtixon tumani) jamoasi qo‘lga kiritib, Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Respublika final bosqichiga “Minglar” MFY jamoasi  ishtirok etadigan bo‘ldi.

Shuningdek, 9-12 yoshli bolalar o‘rtasida o‘tkazilgan “Futbolimiz kelajagi” hamda 13-14 yoshli bolalar o‘rtasida “Mahallada futbol” musobaqalarining viloyat bosqichi g‘olib jamoalari aniqlandi.

Musobaqa natijasiga ko‘ra: uchinchi o‘rini Samarqand shahar jamoasi, ikkinchi o‘rinni Ishtixon tumani jamoasi, birinchi o‘rinni Paxtachi tumani jamoasi qo‘lga kiritdi. 

“Mahallada futbol” musobaqa viloyat bosqichi natijasi. Uchinchi o‘rini Bulung‘ur tumani jamoasi, ikkinchi o‘rinni Pastdarg‘om tumani jamoasi, birinchi o‘rinni Qo‘shrabod tumani jamoasi 3:1 hisobida raqibidan ustun keldi va musobaqaning g‘olibligini qo‘lga kiritdi.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor jamoalarga diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *