Samarqandda futbol boʻyicha “Ichki ishlar kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabr “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Samarqand viloyatida sport tadbiri oʻtkazildi.

Jumladan, Payariq tumani 2-sonli bolalar-oʻsmirlar-sport maktabi tashabbusi bilan tuman 3-sektor hududidagi MFYda joylashgan tashkilot xodimlari oʻrtasida mini futbol boʻyicha “Ichki ishlar kubogi” musobaqasi boʻlib oʻtdi.

Qizgʻin va murosasiz kechgan bahslar yakuniy natijasiga koʻra 1-oʻrinni “Xoʻja Ismoil” mahallasi “Doʻstlik” jamoasi, 2-oʻrinni “Yangi hayot” mahallasi jamoasi qoʻlga kiritgan boʻlsa, 3-oʻrin tuman 2-BOʻSM jamoasiga nasib etdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *