Samarqandda “Salomatlik yoʻlaklari”ni qurish ishlari jadal ketmoqda

2020-yil 30-oktyabrdagi “Sogʻlom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda va velosipedda yurish uchun “Salomatlik yoʻlaklari” tashkil etilishi, bunda, piyodalar va velosiped yoʻlaklarining umumiy uzunligi 3-5 kilometrni tashkil etishi hamda oʻzaro uzviy bogʻliq boʻlishi, zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan) yoritish tizimlari va yorugʻlik qaytaruvchi, yoʻlaklarning boshlanishi, oraligʻi va yakunini koʻrsatuvchi yoʻl belgilari bilan toʻliq taʼminlanishi, piyodalar va velosiped yoʻlaklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlari yaratilishi hamda nogironligi boʻlgan shaxslar uchun “toʻsiqsiz muhit” tashkil etilishi koʻzda tutilgan.

Mazkur Farmonning ijrosini taʼminlash maqsadida shu kunlarda Samarqand shahrining “Qorasuv” massivida piyodalar va velosipedda harakatlanish uchun maxsus yoʻlaklar, yaʼni “Salomatlik yoʻlaklari”ni barpo etish ishlari jadal olib borilmoqda.

Eslatib oʻtamiz, Farmonda bunday yoʻlaklar 2021-yilning 1-mayiga qadar qurib bitkazilishi belgilangan.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *