“Save Aral” marafonining navbatdagi bosqichi Angrenda oʻtkazildi

Kecha Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Toshkent viloyati va Angren shahar hokimliklari, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Oʻzbekiston yengil atletika hamda Triatlon federatsiyalari bilan hamkorlikda Angren shahrida “Yangi nafas” dasturi doirasida “Save Aral” marafoni hamda yurish boʻyicha ommaviy tadbirlar tashkil etildi. Unda Jismoniy tarbiya tarbiya va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ravshan Ermatov ham ishtirok etdi va “shaxsiy namuna” sifatida ommaviy yugurish musobaqasida qatnashdi.

Maʼlumki, Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi tashabbusi bilan respublikamizning 19ta shahri boʻylab “Yangi nafas” dasturi doirasida “Save Aral” marafoni va yurish boʻyicha ommaviy tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Mazkur tadbirlar Toshkent viloyatida ham davom ettirildi.

Angrendagi ommaviy sport tadbirida ishtirokchilar velopoyga, ommaviy yugurish va yurish musobaqalarida oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishdi. Eʼtiborlisi, ushbu tadbirlarda Oʻzbekiston paralimpiyachilari ham munosib ishtirok etib, oʻz matonatlarini koʻrsatdi.

Tadbir yakunida “Save Aral” marafoni hamda yurish boʻyicha ommaviy musobaqaning gʻolib va sovrindorlari, shuningdek, tadbirda faol qatnashgan ishtirokchilar ham tashkilotchilar tomonidan ragʻbatlantirildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *