Scopus maʼlumotlar bazasida O‘zDJTSUni xalqaro profili ochildi

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qoshidagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy-tadqiqotlar instituti va universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi hamkorligida Skopus referentiv va bibliografik maʼlumotlar bazasida Xalqaro IPW profili ochildi. Skopusning IPW profili – jahon universitetlari reytingini eʼlon qiluvchi QS (Quacquarelli Symonds) va THE (Times Higher Education) xalqaro reyting Agentliklari reytingiga kirishda muhim vazifani bajaradi.

Ilmiy-tadqiqotlar instituti va xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari hamkorligida Skopus maʼlumotlar bazasida tahlil-qidiruvlar o‘tkazilib, universitet profiliga 7 ta maqola birlashtirildi. Unda universitet professori F.A.Kerimovning 3 ta maqolasi chop etilgani aniqlandi. Professor Kerimov sport sohasida O‘zbekistondagi yetakchi olim sifatida Xirsh indeksi (H-Indeks) 2-natijani qayd etdi.

Universitetning xalqaro IPW profili administratori: Universitetning 3-bosqich tayanch doktaranti Shoxruh Erkinov hisoblanadi.

Maʼlumot uchun: Shohruh Erkinov Elsevier kompaniyasining Digital Commons xizmati bo‘yicha O‘zbekistondagi koordinatori hisoblanadi.

Shuningdek, Shohruh Erkinov yaqinda universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi bilan hamkorlikda Yaponiya Xalqaro Aloqalar Agentligini mini granti g‘olibi bo‘ldi. Mini grantning umumiy miqdori 36 mln so‘mlik sport inventari ko‘rinishida bo‘lib, ular universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi yopiq sport zalida joylashtirilgan.

Hozirda kafedra talabalari ushbu sport inventarlaridan amaliy mashg‘ulotlarda samarali foydalanib kelmoqdalar.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *