Seleksion musobaqalarga eʼtibor kuchaytiriladi

Kecha Oʻzbekiston Milliy olimpiya qoʻmitasida Olimpiya va Paralimpiya sport turlari boʻyicha oʻsmirlar va yoshlar terma jamoalarini shakllantirish masalasiga bagʻishlangan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Unda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi boshqarma boshligʻi Muzaffarxoʻja Rahmatxoʻjayev, MOQ raisi oʻrinbosari v.b. Sherzod Toshmatov, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti rektori Rashid Matkarimov hamda koʻplab sport mutaxassislari ishtirok etishdi.

Yigʻilishda iqtidorli yoshlardan shakllantirilgan oʻsmirlar va yoshlar jamoalari bilan oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini tashkil qilish mexanizmi, Xanchjou-2022 Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, Parij-2024 Olimpiya va Paralimpiya oʻyinlari kabi yirik musobaqalarga har tomonlama munosib tayyorgarlik koʻrish, murabbiylar malakasini oshirish uchun mahalliy va xalqaro oʻquv-treninglar tashkil etish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, mutasaddilar tomonidan sport maktablarida, federatsiya va assotsiatsiyalarda mazkur masalalar yuzasidan tegishli ishlar olib borish, ayniqsa, seleksiya masalalariga katta eʼtibor qaratish, iqtidorli yoshlarni saralash kabi vazifalar belgilab berildi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *