Shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasi bahslari yakunlandi

Bugun, 24 sentyabr kuni shaxmat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Oliy ligasi bahslariga yakun yasaldi.

Musobaqaga 21 sentyabr kuni start berilgan edi. Erkaklar o‘rtasida musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 25 mln so‘mni tashkil etsa, ayollar o‘rtasidagi musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 10 mln so‘mni tashkil qilar edi.

Erkaklar o‘rtasidagi bahslarda 9 nafar ishtirokchi g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Musobaqa yakuniga ko‘ra 7 ochko jamg‘arib Nodirbek Yoqubboyev g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, 2-o‘rinni 6 ochko bilan Shamsiddin Vohidov, 3-o‘rinni 3 ochko bilan Javohir sindorov qo‘lga kiritdi.\

Ayollar o‘rtasidagi bahslarda 10 nafar ishtirokchi eng kuchli shaxmatchi nomiga oydinlik kiritishdi. Unda 6 ochko jamg‘arib Nilufar Yoqubboyeva musobaqa bosh mukofotini o‘ziniki qildi. 2-o‘rinni 5 ochko bilan Umida Omonova, 3-o‘rinni 3 ochko bilan Yuliya Xegay qo‘lga kiritdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *