Shaxsiy namuna: hokimlar hududida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilyapti

Bekordan “jismonan sogʻlom, maʼnan yetuk” degan jumlani ishlatmaymiz. Sogʻlom kishigina qaysidir sohaga naf keltirishi mumkin.

Qashqadaryo hokimi Z.Mirzayev viloyatda sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda namuna boʻlmoqda. Hokim haftaning shanba kunlari barcha rahbarlar velosipedda yurishini aytib, har bir shahar va tumanlarida kamida 3-4 km uzunlikda velosiped va piyodalar yuradigan yoʻlakchalar qurilishini maʼlum qildi.

Bugun Yakkabogʻ hokimi jamoasi bilan futbol oʻynagan boʻlsa, Kitob hokimi ertalabki badantarbiya mashgʻulotlarini bajardi. 

Mashgʻulotlarga boshqaruv apparati xodimlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.

— Jismoniy harakat yangi ish kuni unumdorligi va kayfiyatning koʻtarinki boʻlishida muhim omil boʻladi, – deb yozadi hokimlik Axborot xizmati.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligiMatbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *