Shoshiling, OAV xodimlari oʻrtasidagi “Doʻstlik spartakiadasi” musobaqasiga talabnomalar taqdim etish boshlandi

Xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi qabul qilinganining 29 yilligi munosabati bilan Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan shu yilning 28-29-noyabr kunlari ommaviy axborot vositalari xodimlari oʻrtasida “Doʻstlik spartakiadasi” sport musobaqasi oʻtkaziladi.

Sport musobaqasida OAV xodimlari badminton (yakkalik va mikst yoʻnalishlarida), stol tennisi (yakkalik) hamda voleybol boʻyicha (erkaklar va ayollar) oʻzaro musobaqalashadi.

Shu munosabat bilan “Doʻstlik spartakiadasi” sport musobaqasida qatnashish istagida boʻlgan barcha turdagi OAV xodimlari va blogerlardan oʻz talabnomalarini joriy yilning 25-noyabriga (shu kuni ham) qadar Jismoniy tarbiya va sport vazirligining elektron manzili (info@minsport.uz) yoki (99) 482-52-12 raqamiga Telegram messenjeri orqali yuborishlaringiz soʻraladi.

Talabnomaning (namuna) elektron shaklini yuklab oling va toʻldirilgan holda bizga yuboring.

Murojaat uchun telefonlar: (71) 239-24-18, (71) 239-24-37


Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *