Sinxron suzish: O‘zbekiston kubogida g‘oliblar nomi ma’lum bo‘ldi

Toshkentdagi “Saxovat” sport majmuasida sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqalari yakunlandi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligining sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining 2020 yil uchun Respublika kalendar rejasiga muvofiq tashkil etilgan ushbu musobaqa o‘smirlar, yoshlar va kattalar o‘rtasida o‘tkazilib, unda yurtimizning eng kuchli sinxron suzuvchilari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.
O‘zbekiston kubogida poytaxtlik sinxronchilar mahorat va tajriba borasida boshqalardan ancha ustun ekanligi sezilib turdi. Shuningdek, Samarqand, Farg‘ona, Buxoro va Andijon viloyati vakillari ham o‘z chiqishlari bilan mutaxassislarda iliq taassurt qoldirdi.

Sinxron suzish bo‘yicha O‘zbekiston kubogining kattalar toifasidagi dasturlarida qayd etilgan natijalar bilan tanishing:

Texnik solo:
1. Sofiya Garusova
2. Diana Onkes
3. Sabina Fayziyeva

Erkin solo:
1. Diana Onkes
2. Sofiya Garusova
3. Begoyim Bozorova

Mikst, erkin dastur:
1. Toshkent (Vyacheslav Rudnyov / Dinara Ibragimova)
2. Samarqand (Amir Ikramov / Mahliyo Mirzayeva)
3. Farg‘ona (Izzatullo Tolibjonov / Barchinoy Valijonova)

Erkin mashq, guruh:
1. Samarqand
2. Farg‘ona

Texnik mashq, guruh
1. Toshkent
2. Samarqand

Texnik mashq, duyet
1. Buxoro
2. Andijon
3. Samarqand

Erkin mashq, duyet
1. Toshkent
2. Andijon
3. Buxoro

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *