Sirdaryo viloyatida sport musobaqalari boʼlib oʼtdi

Yurtimizda karantin talablari asta sekinlik bilan yumshatilishi munosabati bilan sport sohasida ham sport musobaqalari va ommaviy tadbirlarga bosqichma-bosqich ruxsat berilmoqda. Buning samarasi oʼlaroq, Sirdaryo viloyati boʼylab aholining keng qatlami boʼlgan yoshlar oʼrtasida sogʼlom turmush tarzini keng targʼib etish maqsadida bir qator ommaviy sport tadbirlari oʼtkazib kelinmoqda. 

Jumladan, Oqoltin tumanida sportning futbol va mini futbol turlari boʼyicha “Rahbar kubogi”, Sayxunobod tumanida sportining shashka turi boʼyicha viloyat birinchiligi hamda Guliston shahrida sportning baydarka va kanoeda eshkak eshish, suvga sakrash, suv polosi hamda suzish kabi turlari boʼyicha sport musobaqalari boʼlib oʼtdi.

Qizgʼin va murosasiz bahslarga boy tarzda oʼtkazilgan sport musobaqalariga 300 nafardan ortiq yoshlar jalb etildi. 

Musobaqa yakunida gʼolib va sovrindor sportchilar tashkilotchilar tomonidan diplom, medal hamda sovgʼlar bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *