Sirdaryo viloyatida til bayramiga bagʻishlangan spartakiada oʻtkazildi

Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 31 yilligi munosabati bilan Sirdaryo viloyati jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi bilan hamkorlikda salomatlik spartakiadasini tashkil qildi.

Unda viloyatdagi taʼlim muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlar sportning mini-futbol, voleybol, stol tennisi, armrestling, shaxmat-shashka turlari boʻyicha oʻzaro musobaqalashdi.

Spartakiada musobaqalari viloyatning Sardoba va Shirin shaharlarida tashkil etildi. Musobaqalar ushbu hududlardagi bolalar-oʻsmirlar sport maktablarida oʻtkazilib, 200 nafarga yaqin taʼlim sohasi vakillari oʻz omadlarini sinab koʻrishdi.

Spartakiada yakunida gʻolib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanishdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *