Sirdaryoda ham ommaviy sport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda

Soʻngi vaqtlarda barcha joylarda boʻlgani kabi Sirdaryo viloyatida ham aholini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish maqsadida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, aholini sogʻlom turmush tarziga oʻrgatish, ularni jismoniy tarbiya va sportga faol jalb etish, toʻgʻri ovqatlanish, aholida ortiqcha vazn paydo boʻlishi natijasida qand kasalligi, shuningdek, turli yuqumli boʻlgan kasalliklarning kelib chiqishini oldini olish maqsadida aholi orasida sogʻlomlashtiruvchi jismoniy mashqlarni doimiy oʻtkazish hamda ularga qulay sharoitlar yaratishga alohida eʼtibor qaratish maqsadida tashkil etilayotgan ertalabki badantarbiya mashgʻulotlari, “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi yurish marafonlari tobora ommalashib bormoqda.

Xususan, viloyatning Shirin va Oqoltin tumanlarida aholi oʻrtasida badantarbiya va “Sogʻlom hayot uchun 5000 qadam” shiori ostidagi yurish sport tadbirlari tashkil etilgan boʻlsa, Guliston shahri hamda Boyovut tumanlarida yoshlar oʻrtasida sportning futbol, voleybol, yengil atletika turlari boʻyicha “Yoshlar” spartakiadasi musobaqalari boʻlib oʻtdi.

Mazkur sport tadbirlariga aholining barcha qatlamlari jalb etilmoqda. Sport tadbirlari yakunida gʻoliblar, sovrindorlar va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib ragʻbatlantirib borilmoqda.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *